"Ozod bo‘lsang ham yig‘laysanmi?"

"Ozod bo‘lsang ham yig‘laysanmi?"

Bir badaviyning kechasi uxlamaydigan habash xizmatkori bor edi.

Bir kuni badaviy Hoy bola, sen nega uxlamaysan? degan edi, bola: Jannatni o‘ylasam, zavq shavqim kelyapti. Do‘zaxni o‘ylasam, qalbimni qo‘rqinch bosyapti. O‘limni eslasam, uyqum o‘chib ketyapti. Ey hojam! Bu ahvolda qanday qilib bemalol uxlayman? dedi. Badaviy bu gaplarni eshitib, yig‘lab yubordi. So‘ng Bolam, bunday maqomdagi odam qul bo‘lib yashashi durust emas. Ketaver, Alloh roziligi uchun seni ozod qildim! dedi.

Buni eshitgan bola ham yig‘lab yubordi. Badaviy Ozod bo‘lsang ham yig‘laysanmi? degan edi, bola: Ey hojam! Bu kichik ozod bo‘lish. Lekin kim meni katta ozodlikka Qiyomat kuni do‘zax azobidan ozodlikka olib chiqadi? dedi.

arabic.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!