Ozarbayjonda 40 dan ziyod odam zaharlandi

Ozarbayjonda 40 dan ziyod odam zaharlandi

Ozarbayjon g‘arbidagi Akstafa tumanida to‘y marosimi ishtirokchilarining 40 dan ortig‘i “zaharlanish” tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi, deb xabar tarqatdi Respublika oziq-ovqat xavfsizligi agentligi matbuot xizmati.

– Dastlabki tekshiruv davomida Ashagi Geyjali qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan to‘y payti mehmonlar uy sharoitida, harorat me’yoriga amal qilinmay tayyorlangan taomlar tanovul qilgani aniqlandi, – deyilgan xabarda. – Yeguliklardan laboratoriya tahlili uchun namuna olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!