Oyoqdagi zamburug‘lar tirnoqlar yemirilishiga sabab bo‘lishi mumkin

Oyoqdagi zamburug‘lar tirnoqlar yemirilishiga sabab bo‘lishi mumkin

📌 Oyoqlar – inson tanasining muhim tayanch a’zosi. Ammo ulardagi tibbiy muammolar yurishga halal bermaguncha ko‘pchilik e’tibor bermaydi.

— Yassitovonlik yoki oyoqlar orasi burmalarining torligi kabi nuqsonlar, noqulay va havo o‘tkazmaydigan poyabzallarni kiyish hamda oyoqlarning uzoq vaqt noqulay sharoitda bo‘lishi zamburug‘lar xavfini oshiradi, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim mudiri Bobur Toirov. — Mikoz zamburug‘lari – ana shunday kasalliklardan. Ular bemor oyoq terisi po‘stli qipiqlarida juda ko‘p miqdorda bo‘ladi.

👣 Oyoq terlashi, ishlab chiqarish omillarining ta’siri, qon-tomir va endokrin tizimda uchraydigan patologik o‘zgarishlar, onkologik hamda immuntanqislik bilan kechuvchi kasalliklar oyoq mikozi va boshqa zamburug‘li xastaliklar rivojlanishiga qulay sharoit tug‘diradi.

💁🏻‍♂️ Mikoz boshlanishida teri qichishadi, ba’zan qizarishi mumkin. Shuningdek, teri quruqlashib, qipiqchalar yuzaga keladi yoki suvsiraydi hamda dog‘lar paydo bo‘ladi.

🦠 Disbakterioz, immun tanqisligi, avitaminozlar bilan xastalangan bemorlar ham zamburug‘li kasalliklarga moyil bo‘ladi.

👞 Xastalik, asosan, shaxsiy gigiyenaga ahamiyat bermay, bemorning paypog‘i va oyoq kiyimlarini kiyadigan insonlarda kuzatiladi.

👐🏻 Kasallik o‘z vaqtida davolanmasa, qo‘l yoki oyoq tirnoqlariga o‘tishi mumkin. Bunda tirnoq qatlami qalinlashib, uvalanadi. Rangi o‘zgarib, notekis holga keladi.

🦶🏻Shuningdek, xastalik bir necha yil davom etib, bu davrda bemor zamburug‘ infeksiyasini boshqalarga ham yuqtirishi mumkin.

👨🏻‍⚕️ Shu sababli har bir kishi oyoq-qo‘llari terisida muammolar kuzatilganda darhol shifokorga murojaat qilishi lozim.

💉Ayni paytda zamonaviy tekshiruvlar orqali teri xastaliklari tezkorlik bilan aniqlanadi. Mutaxassis nazoratida kerakli muolajalar olinsa, bemor hech bir asoratsiz sog‘ayib ketadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!