Orbanning partiyasi Yevroparlament saylovida g‘alaba qozondi, ammo...

Orbanning partiyasi Yevroparlament saylovida g‘alaba qozondi, ammo...

Orbanning partiyasi Yevroparlament saylovida g‘alaba qozondi, ammo 2019 yilga nisbatan 8% kam natijaga erishdi.

Bu uning Vengriyadagi 14 yillik boshqaruvidagi eng yomon natijasidir. "Fides" 90% ovozni sanab chiqilganidan so‘ng 44% natija bilan (2019 yilda 52%) g‘alaba qozondi. Orbanning asosiy raqibi Peter Madyarning "Tisa" partiyasi 30% ovoz oldi.

Dastlabki natijalar e’lon qilingandan so‘ng, Vengriya Bosh vaziri vengriyaliklar shu bilan tinchlik tarafdori ekanliklarini aytib o‘tdi (Ukrainadagi urush sharoitida). Madyar, aksincha, Orban partiyasining past ko‘rsatkichlari amaldagi bosh vazir hokimiyatining "intiqomining boshlanishi" dan dalolat beradi, deya ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!