Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili yordamida fuqaroning turar joyi qayta qurib berilmoqda
Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Mintaqaviy vakili, Zuxra Reymova Nukus shaxridagi “Shimbay shayxana” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan uchrashuv o‘tkazganida, fuqaro, II guruh nogironi P.Q. oila a’zolari bilan og‘ir sharoitda yashab kelayotgani va uning boshpanasini qayta qurib berishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Shundan so‘ng, Zuxra Reymova tumandagi 2-sektor rahbari O.Xudaybergenov bilan fuqaro P.Q. yashash sharoiti bilan borib tanishdi. O‘rganish davomida, «Temir daftar»da ro‘yxatda turgan ushbu fuqaroning turar-joyi haqiqatdan avariya holatda bo‘lib, yashash uchun xavfli ekani aniqlandi.
Hozirda tuman prokurori yordamida fuqaroning turar-joyini qayta qurib berish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi va murojaatchiga 3 xonali uy-joy qurib berish rejalashtirildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati