Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2023 yilda 6,7 trillion so‘m sof foyda ko‘rdi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2023 yilda 6,7 trillion so‘m sof foyda ko‘rdi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2023 yilda qancha sof foyda ko‘rgani va 2024 yilda rejalashtirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi. Bu haqda Milliy matbuot markazida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi o‘rinbosari Ravshan Maqsumov, bosh muhandisning texnologiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Abduqahhor Saynazarov ishtirokidagi OAV vakillari uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida so‘z bordi.

Unda so‘z olgan mas’ullar kombinat 2023 yilda 31,7 trillion so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarganini, 1 milliard 128 million 200 ming dollarlik investisiya loyihalarini amalga oshirib, 661,9 million dollarlik mahsulotlar eksport qilinganini ochiqladi.

Ta’kidlanishicha, kombinatda mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 429 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlangan. Mahsulot tannarxini tushirish bo‘yicha 404,7 milliard so‘mlik natija qayd etilgan.

14,95 trillion so‘m mablag‘ esa byudjetga to‘lab berilgan. 6,7 trillion so‘m sof foyda olingan. 163,5 milliard so‘mlik geologiya-qidiruv ishlari bajarilgan.

OKMKda investisiyaviy loyihalar ham muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, “Yoshlik-1” loyihasining tog‘-kon majmuasi bo‘yicha 6 ta ob’ekt, 3-mis boyitish fabrikasi bo‘yicha 6 ta ob’ektning qurilishi yakunlangan. Yangi metallurgiya majmuasining qurilishi bo‘yicha dastlabki loyiha ishlari boshlangan.

2024 yilda ham mazkur yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar jadallashtiriladi. Jumladan, 32,2 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, 2 136,4 million dollarlik investisiyaviy loyihalar amalga oshiriladi. 1 016,6 milliard so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqariladi. 15,73 trillion so‘m mablag‘ byudjetga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan”, — deydi matbuot anjumanida so‘z olgan Abduqahhor Saynazarov.

Bildirilishicha, “Raqamli OKMK — 2030” konsepsiyasi bo‘yicha kombinatda o‘tgan yilda 34 ta loyiha amalga oshirilgan.

“Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va zamonaviy axborot tizimlarini joriy qilish yo‘nalishida mis boyitish fabrikasi, mis eritish zavodi, xondiza kon boshqarmasi, issiqlik elektr markazida bir qator ishlar amalga oshirildi. MBFda amalga oshirilgan ishlar natijasida rudadan mis ajratish darajasi 85 foizga chiqarilishi ta’minlandi. Shuningdek, fabrikada texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi asosiy qurilmalari diagnostika tizimi (avariya holatlarini erta oldini olish evaziga to‘xtashlar sonini kamaytirish) hamda ruda-suv jarayonini avtomatlashtirish tizimi sinov tarzda ishga tushirildi. Bu yiliga 1,8 million metr/kub suvni tejaydi”, — deydi Ravshan Maksumov.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!