Olimlar saratondan himoya qiluvchi ziravorni aniqladi

Olimlar saratondan himoya qiluvchi ziravorni aniqladi

Ba’zi ziravorlar turli bakteriya va infeksiyalarga qarshi kurashuvchi, organizmni himoya qiluvchi xususiyati bilan ajralib turadi. Ulardan biri — zarchava (kurkumin) dir.

Zarchava zanjabillar oilasiga mansub o‘simlik bo‘lib, ko‘pincha turli non, smuzi, sho‘rva va barcha turdagi foydali taomlar, shuningdek, palovga qo‘shiladi. Zarchava yallig‘lanishga qarshi vosita hisoblanadi. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, mazkur ziravor saraton kasalligiga qarshi kurashadi, xususan, prostata saratoni xavfini kamaytiradi. Uning tarkibidagi kurkumin organizmda o‘simta paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.

Kurkuma moddalar almashinuvini yaxshilaydi, immunitetni mustahkamlaydi va hatto antidepressantlar o‘rnini bosadi.

Bundan tashqari, achchiq qalampir tarkibidagi kapsaisin moddasi qon tomirlarida aterosklerotik quyqalar shakllanishidan himoya qiladi. Piyoz va sarimsoq tarkibidagi fitonsid esa bakteriyalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishining oldini oladi.

Hozirda ko‘plab zamonaviy parhezlar asosida zarchava ham mavjud, chunki u ovqat hazm qilish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ichaklarni davolaydi va diareya hamda qorin dam bo‘lishi uchun samarali hisoblanadi. Ziravor brokkoli kabi sabzavot, ko‘katlar bilan iste’mol qilinganda, yanada foydali bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!