Olimlar it va mushuklarda koronavirusga qarshi antitanachalarni topishdi

Olimlar it va mushuklarda koronavirusga qarshi antitanachalarni topishdi

Italiyalik olimlar it va mushuklarda koronavirusga qarshi antitanachalarni topishdi, deb xabar beradi «bioRxiv».

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadqiqotchilar 915 it va 505 mushukdan namunalar olishgan. Koronavirusga qarshi antitanachalar 3,35% itlarda va 3,95% mushuklarda topilgan. Qayd etilishicha, antitanachalarning ko‘p qismi egalari koronavirusga chalingan uy hayvonlarida aniqlangan.

"Bu uy hayvonlarining viruslarni yuqtirib olishlari noodatiy holat emasligini anglatadi", deyiladi tadqiqotda.

Olimlarning fikriga ko‘ra, uy hayvonlari koronavirusni organizmlarida olib yurishlari mumkin, ammo qisqa vaqt ichida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!