Og‘ir atletikachilarimiz olimpiada uchun so‘nggi lisenzion turnirda ishtirok etishadi

Og‘ir atletikachilarimiz olimpiada uchun so‘nggi lisenzion turnirda ishtirok etishadi

31 mart – 11 aprel kunlari Tailandning Pxuket shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tadi.

Bu mazkur sport turida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolarini qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan eng so‘nggi turnir hisoblanadi.

Ertaga ushbu musobaqada ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasining birinchi qismi Tailandga yo‘l oladi. Mamlakat og‘ir atletika federasiyasi unda qatnashadigan terma jamoa tarkibini ma’lum qildi.

Jahon kubogida qatnashadigan tarkibimiz:

Erkaklar:

-73 kg: Doston Yoqubov
-73 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-89 kg: Sarvar Zafarjonov
-109 kg: Akbar Jo‘rayev
-109 kg: Sharofiddin Amriddinov

Ayollar:

-49 kg: Jamila Panfilova
-55 kg: Nigora Abdullayeva
-81 kg: Rigina Adashbayeva
-87 kg: Nigora Suvonova
+87 kg: Tursunoy Jabborova


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!