"O‘zmilliybank" AJ mijozlarni hushyorlikka chorlaydi

"O‘zmilliybank" AJ mijozlarni hushyorlikka chorlaydi

So‘nggi paytlarda kiberfiribgarlar tomonidan o‘zlarini O‘zmilliybankning “Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi" xodimlari sifatida tanishtirib, fuqarolardan shaxsiy ma’lumotlarini so‘rash va bu savollarga javob olingach, mijozlarning hisob raqamlaridagi mavjud mablag‘larni o‘zlashtirish holatlari kuzatilmoqda.

«O‘zmilliybank» AJ mijozlarimizni hushyorlikka chaqirgan holda, bankda «Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi» mavjud emasligi, asosiysi, bank xodimlari tomonidan ularga tegishli bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlar hamda telefon xabarnomasiga kelgan kodni so‘rab murojaat etmasligini ma’lum qilamiz.

Agarda firibgarlar tomonidan xuddi shunday o‘zini bank xodimi sifatida ishonchli tarzda tanishtirib, fuqaroga oid bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rash va yuborilgan kodni aytish bo‘yicha talab qo‘yiladigan bo‘lsa, mijozlar ushbu holatga oydinlik kiritish uchun bankning rasmiy veb saytiga yoki ishonch raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari hamda firibgarlar aldovini fosh etishlari mumkin.

Fuqarolar har qanday holatda ham shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxsga oshkor etmasliklari o‘zlarini firibgarlar tuzog‘i qurboni bo‘lmasliklaridan xalos etadi.

Shunday ekan, bu borada hushyor va ogoh bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.

Sayt — www.nbu.uz

Telegram — https://t.me/nbu_official

Facebook — https://www.facebook.com/uznbu

Instagram — https://www.instagram.com/nbu.official/

Aloqa markazi:📞 1344 ☎️ (78) 148-00-10


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!