O‘zLiDeP: “J.Ortiqxo‘jayev shaxsi bilan bog‘liq mazkur holat tabiiyki O‘zLiDePni ham befarq qoldirgani yo‘q”

O‘zLiDeP: “J.Ortiqxo‘jayev shaxsi bilan bog‘liq mazkur holat tabiiyki O‘zLiDePni ham befarq qoldirgani yo‘q”

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlar va internet OAVda Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayevga tegishli ekani aytilayotgan, jurnalist va blogerlar sha’niga o‘ta keskin fikrlar bildirilgan audioyozuv mamlakatimizdagi barcha OAV vakillari, blogerlar va keng jamoatchilikning keskin tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

J.Ortiqxo‘jayev shaxsi bilan bog‘liq mazkur holat tabiiyki O‘zLiDePni ham befarq qoldirgani yo‘q.

Mamlakatimiz Konstitusiyasida ham qonun hamma uchun tengligi, inson xuquqlari ustuvorligi e’tirof etilgan. Shu tufayli O‘zLiDeP inson sha’niga nisbatan qilingan har qanday tajovuz jazosiz qolmasligi kerak deb hisoblaydi.

Shu bilan birga haqoratli so‘zlar yangragan audioyozuv haqiqatan ham J.Ortiqxo‘jayev tomonidan aytilganligi yuzasidan yetarlicha tasdiqlovchi dalillar mavjud bo‘lmagani sababli ushbu masalaga munosib huquqiy baho berish, vaziyatga aniq xulosa yasash maqsadida audioyozuv hozirda maxsus davlat organlari tomonidan ekspertiza qilinayotganligi ma’lum. Shundan kelib chiqib partiya jurnalist va blogerlarni, turli davlat va nodavlat tashkilotlari faollarini vaziyatga ekspertiza xulosasi asosida baho berilgunga qadar xulosa chiqarmaslikka chaqiradi.

O‘z navbatida O‘zLiDeP Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatini yuzaga kelgan vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida tegishli munosabat bildirishini so‘raydi.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi keyingi yillarda mamlakatimizda demokratik islohotlarning eng muhim sharti – so‘z va fikr erkinligiga juda katta yo‘l ochib berilganini alohida e’tirof etadi. Lekin har qanday erkin fikr, erkin so‘z inson qadr-qimmatiga dahl qilmasligi shart deb hisoblaydi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!