Noqonuniy tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Noqonuniy tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan DXX Chegara qo‘shinlari harbiy qismi va IIB YXXB xodimlari bilan hamkorlikda Sirdaryo tumani hududida tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi.

Natijada oldindan tezkor kuzatuvga olingan fuqaro S.I. boshqaruvidagi “Sobolt” rusumli avtotransport vositasi YPX maskanida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, xorijda ishlab chiqarilgan va sifatini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan hamda aksiz markasi bilan markalanmagan jami 1000 quti “ESSE” nomli tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro O.N. boshqaruvidagi “Epica” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda 7 turdagi 550 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi hamda tezkor tadbirlar davomida huquqbuzarlardan jami qiymati 40 mln so‘mlik 1550 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!