Noqonuniy yer sotmoqchi edi, ammo...

Noqonuniy yer sotmoqchi edi, ammo...

Buxoroda 95 ming dollarga yer sotish jinoyati huquq-tartibot idoralari tomonidan fosh etildi.

Buxoro tumanidagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik yerlari muqaddam tuman hokimining tegishli qarori bilan 49 yil muddatga ijara huquqi asosida ajratib berilgan.

N. ismli shaxs 5,3 gektar yer maydonini xaridorga 95 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 30 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozir holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!