"Real Madrid" futbolchisining oilasi jamoani tark etishni talab qilmoqda

"Real Madrid" futbolchisining oilasi jamoani tark etishni talab qilmoqda

Madridning “Real” klubi hujumkor yarim himoyachisi Nikolas Pas yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.

Avvalroq, 19 yoshli futbolchi klubdagi kelajagini o‘ylayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Diario AS xabariga ko‘ra, Pasning oilasi uning xizmatlarini "Leganes"ga taklif qilishni talab qilmoqda. Manbaga ko‘ra, Pas atrofidagilar futbolchining "Real"dan ketishini ko‘rishdan xursand bo‘lishadi.

"Los-Blankos"ning asosiy jamoasi uchun yarim himoyachi sakkizta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol urdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!