Eronning ishonchli vakillari AQSh harbiylariga hujum qildi

Eronning ishonchli vakillari AQSh harbiylariga hujum qildi

Eronparast guruhlar Iroq va Suriyada joylashgan Amerika harbiylariga bir kunda ikkinchi marta hujum qildi.

Arab OAVlarining xabar berishicha, Suriya sharqida joylashgan Dayr-az-Zor viloyatida Konoko gaz konidagi AQSh bazasi Iroqdagi islomiy qarshilik harakati raketalaridan o‘qqa tutilgan. Bunga javoban AQSh ham zarbalar bergani qayd etilgan.

Bir kun avval Iroq g‘arbida, Anbardagi Amerikaning Ayn al-Asad aviabazasiga raketa hujumi uyushtirilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!