Fransiyada temiryo‘l qatnovi qachon tiklanishi ma’lum qilindi

Fransiyada temiryo‘l qatnovi qachon tiklanishi ma’lum qilindi

Fransiya temiryo‘l operatori SNCF, temiryo‘l xizmati hafta oxirigacha yo‘lga qo‘yilmasligini va yana yuz minglab yo‘lovchilar muammolarga duch kelishini ma’lum qildi.

Kecha Parijdagi Olimpiada ochilishi kuni ertalab noma’lum hujumchilar temiryo‘llarda yong‘inlarni yuzaga keltirib, qatnovlarni to‘xtatib qo‘ydi. SNCF xabar berishicha, Parijning g‘arbiy, sharqiy va shimoliy yo‘nalishlarida temiryo‘lga zarar yetkazilgan.

Oxirgi 24 soat ichida Eurostar xalqaro poyezdlari qatnovining chorak qismi, shu jumladan, Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer chiqishi kerak bo‘lgan reys ham bekor qilindi.

Fransiya bosh vaziri Gabriel Attal temiryo‘l infratuzilmasiga hujumlar yaxshi tayyorlangan va muvofiqlashtirilganini aytib, hodisani “sabotaj harakati” deb atadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!