UzAuto Motors: so‘nggi Chevrolet Lacetti ishlab chiqarildi

UzAuto Motors: so‘nggi Chevrolet Lacetti ishlab chiqarildi

UzAuto Motors eng so‘nggi Chevrolet Lacetti avtomobili ishlab chiqarilganini va shu kungacha jami 487 ming 104 ta Chevrolet Lacetti ishlab chiqarganini aytdi.

Bu haqda UzAuto Motors xabar berdi.

Qayd etilishicha UzAuto Motors 2008 yilda yilda yig‘ila boshlagan. Chevrolet Lacetti avtomobilini ishlab chiqarish esa 2013 yilda boshlangan bo‘lib, dastlab yiliga 11 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqarilgan. 2023 yilda esa bu ko‘rsatkich qariyb 90 mingga yetgan.

Zavod ushbu avtomobilni ishlab chiqarishni 2024 yil yanvar oyidan to‘xtatishni rejalashtirgan edi. Biroq, komplektasiya va ehtiyot qismlar mavjudligi bois ishlab chiqarish jarayoni yana bir necha oy davom etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!