“BYD Uzbekistan” ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim mish-mishlarga munosabat bildirdi

“BYD Uzbekistan” ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim mish-mishlarga munosabat bildirdi

“BYD Uzbekistan Factory” MCHJ QK Sergeli omborida sodir bo‘lgan portlash natijasida shikast yetgan BYD avtomobillarini qayta tiklagan holda rasmiy dilerlik markazlarida sotilishi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mish-mishlarga o‘z munosabatini bildirdi.

“Ta’kidlash joiz, barcha ta’mirlangan avtomobillar ishlab chiqaruvchi tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Ushbu avtomobillar tizim korxonalarining ichki ehtiyojlari uchun va shuningdek, shu korxonalarning xodimlari o‘rtasida ta’mirlash ishlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berilgandan so‘ng, zavod kafolati saqlangan holda chegirmali narxlarda sotilmoqda”, deyiladi bayonotda.

Bayonotda yakunida kompaniya O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va huquqiy makon doirasida Kompaniya sha’ni, qadr-qimmati va ishbilarmonlik obro‘sini sud orqali qonuniy himoya qilish huquqini o‘zida saqlab qolishini ta’kidlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!