Rossiya kemasi Finlyandiya hududiy suvlariga noqonuniy ravishda kirdi

Rossiya kemasi Finlyandiya hududiy suvlariga noqonuniy ravishda kirdi

Rossiya kemasi Finlyandiya hududiy suvlariga noqonuniy ravishda kirdi.

26 iyul kuni Rossiya harbiy-dengiz kuchlari Boltiq flotining dengiz tubini tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan kemasi dengiz chegarasini kesib o‘tdi, deb xabar bermoqda Finlyandiyaning Helsingin Sanomat gazetasi mamlakat chegara xizmati bosh tergovchisi Petter Staufferga tayanib.

Hodisa Finlyandiya ko‘rfazining sharqiy qismida yuz bergan va taxminan yetti daqiqa davom etgan. Rossiya kemasi Finlyandiya chegara qo‘riqlash kemasi hamrohligida mamlakat hududini tark etgan. Finlyandiya Mudofaa vazirligi surishtiruv ishlari boshlanganini ma’lum qildi.

Avvalroq Finlyandiya o‘z havo hududi Rossiyaning to‘rtta harbiy samolyoti tomonidan buzilganini e’lon qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!