Noqonuniy dori vositalari bilan "to‘ldirilgan" omborxona fosh etildi

Noqonuniy dori vositalari bilan "to‘ldirilgan" omborxona fosh etildi

Namangan viloyatida 1,2 mlrd so‘mlik tegishli hujjatlarsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar saqlanayotgan omborxonalar aniqlandi.

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish borasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.P. Namangan shahridagi "Lola" hamda "Ozod" MFY hududida joylashgan 2 ta tovarlar saqlash omborini ijaraga olib, ushbu omborxonalarda tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 1,2 mlrd so‘mlik turli nomdagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, mazkur dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!