Nima uchun vaksinasiyadan so‘ng tibbiy niqob taqish kerak?

Nima uchun vaksinasiyadan so‘ng tibbiy niqob taqish kerak?

SSV Matbuot xizmati “COVID-19"ga qarshi vaksinasiya bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollarga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘lim boshlig‘i Dilorom TURSUNOVAdan javob oldi:

— OIV bilan kasallangan va autoimmun kasalliklarga chalingan shaxslar “COVID-19"ga qarshi emlanadimi?

— Bunday holatlarda vaksinani ishlab chiqargan tashkilotning tavsiyalariga amal qilinadi. Ya’ni OIV infeksiyasiga chalingan va autoimmun kasalliklariga chalingan shaxslarni, shu jumladan anamnezida og‘ir allergik reaksiyalari mavjud bo‘lgan insonlarni emlash tavsiya etilmaydi.

Biroq har qanday holatda ham emlash to‘g‘risidagi qaror tibbiy ko‘rik natijasida qabul qilinadi. Mabodo emlashga monelik qiladigan u yoki bu turdagi holatlar kuzatilsa, tibbiy ko‘rik o‘tkazayotgan shifokor albatta unga e’tibor qaratadi.

— Vaksinasiyadan so‘ng ham tibbiy niqob taqish zarurligi aytilmoqda. Bunda vaksina olgan kishilar ham virus tashuvchi bo‘lish ehtimoli borligi nazarda tutilganmi? Qanday hollarda tibbiy niqob taqmaslik mumkin?

— Koronavirusga qarshi immunitet vaksinaning ikkinchi dozasi olinganidan so‘ng 3 hafta o‘tib paydo bo‘ladi. Shu davr ichida odam kasallikdan to‘liq himoyalanmagan bo‘ladi. Shu bois, har bir emlangan inson profilaktika choralarini ko‘rishi kerak.

Bundan tashqari, mamlakatimiz hududida tibbiy niqob taqib yurish tartibi hozircha bekor qilingani yo‘q. Emlanganmi yo‘qmi – tibbiy niqob barcha uchun majburiy. Agar inson yolg‘iz bo‘lsa, tevarak-atrofida katta radiusda boshqa bir muloqotchi bo‘lmasa, tabiiyki, bunday vaziyatda yon-atrofda koronavirus yuqish va yuqtirish xavfi bo‘lmaydi. Bunday holatda o‘z-o‘zidan tibbiy niqob taqishga ehtiyoj qolmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!