Nima uchun davlat kompaniyalarining tashqi qarzi xususiy sektor qarzi sifatida belgilangan? Bu davlat qarzi emasmi?

Nima uchun davlat kompaniyalarining tashqi qarzi xususiy sektor qarzi sifatida belgilangan? Bu davlat qarzi emasmi?

Markaziy bank mutasaddilari ishtirokida AOKAda o‘tayotgan matbuot anjumanida Bank departament direktori o‘rinbosari Otabek Tojiddinov javob berdi:

— Davlat tomonidan jalb etilgan qarzlar hisobi Moliya vazirligi tomonidan yuritiladi va Markaziy bankka taqdim etiladi.

Agar davlat korxonasi tashqi qarz jalb qilgan va ushbu qarz bo‘yicha Hukumat kafolat bergan bo‘lsa, ushbu qarz davlat qarzi emas, xususiy sektor qarzi deya baholanadi. Shu bois biz uni tegishli tarmoq yoki sektorda ko‘rsatishimiz lozim. 

Qachonki ushbu korxona to‘lov qobiliyatini yo‘qotsa, bu qarz real sektor tarkibidan olib, davlat qarzi hisobiga olinadi. 
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!