NATO sammitining qo‘shma deklarasiyasi e’lon qilindi

NATO sammitining qo‘shma deklarasiyasi e’lon qilindi



NATO davlatlari va hukumat rahbarlari ishtirok etgan Vashingtondagi sammitdan keyin e’lon qilingan qo‘shma bayonotda NATOning Qora dengiz va Sharqiy Bolqonda kengayishini davom ettirishi ta’kidlandi.
Ta’kidlanishicha, NATO davlatlari Kiyevga alyans va Yevroatlantika institutlariga «qaytib bo‘lmaydigan a’zolik» yo‘lida yordam berishga, shuningdek, Ukrainani xavfsizlik va demokratiya islohotlarini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlashga va’da bergan.
Qo‘shma bayonotning boshqa muhim jihatlari quyidagilardan iborat:
-NATO mintaqada «tinchlikni qo‘llab-quvvatlash» uchun Yaqin Sharq va Afrikadagi mavjudligini kuchaytirishni maqsad qilgan, bu maqsadda Iordaniya poytaxti Ammanda o‘z vakolatxonasini ochadi va Iroq rasmiylari bilan hamkorlikni davom ettiradi.
-NATO Qora dengiz va Sharqiy Bolqonda kengayishni davom ettirishni rejalashtirmoqda.
-NATO havo va raketaga qarshi mudofaa salohiyatini oshiradi, jumladan, Polshadagi yangi Aegis Ashore bazasidan foydalanadi.
-NATO dunyoning barcha davlatlaridan Rossiyani hech qanday tarzda qo‘llab-quvvatlamaslikni talab qiladi va buni amalga oshirayotgan davlatlarni qoralaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!