NATO mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Ukrainaga yoqmaydigan qaror qabul qildi

NATO mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Ukrainaga yoqmaydigan qaror qabul qildi

Shimoliy Atlantika alyansi tashqi ishlar vazirlari 3 aprel kuni Bryusselda tashkilotning 75 yilligiga bag‘ishlangan ikki kunlik uchrashuvga yig‘ildi va Vashingtondagi yubiley sammitga tayyorgarlikni muhokama qildi.

Uchrashuvda muzokaralarning asosiy mavzusi Ukrainaga Rossiyaga qarshi turishidagi yordam bo‘ldi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg aytganidek, vazirlar kelgusi yillarda Ukrainaga barqaror va taxmin qilinadigan harbiy yordam uchun besh yilga 100 milliard yevrolik byudjet bilan maxsus fond yaratish haqida gaplashdi.

"Biz Ukrainaga uzoq muddatda ishonchli va taxmin qilinadigan yordam ko‘rsatishimiz kerak. Ixtiyoriy badallarga kamroq va ko‘proq NATO majburiyatlariga, qisqa muddatli takliflarga kamroq va ko‘p yillik istiqbollarga ko‘proq tayanishimiz kerak", —deya ta’kidladi Stoltenberg jurnalistlarga.

Yakuniy matbuot anjumanida Stoltenberg Ukrainaga 100 milliard yevro miqdorida yordam fondini yaratish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmaganini aytdi. Shu bilan birga, bosh kotib: "Biz konsensus tomon ketmoqdamiz va yakuniy qaror iyul oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti davomida qabul qilinadi", — deya ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!