NATO bosh kotibi Yevropada qurol ishlab chiqarishni oshirishga chaqirdi

NATO bosh kotibi Yevropada qurol ishlab chiqarishni oshirishga chaqirdi

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyansga a’zo Yevropa davlatlari hududida qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirishga chaqirdi. Bu haqda «DW» nashri xabar berdi.

«Ukrainaga yetkazib berishni ko‘paytirish va o‘z zaxiralarimizni to‘ldirishimiz uchun sanoat bazamizni tezda qayta qurishimiz va kengaytirishimiz kerak », dedi u «Welt am Sonntag» nashriga bergan intervyusida.

Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi ishlab chiqarish sur’ati, tinchlik davriga mos keladi, ammo keng ko‘lamli mojaro uchun emas.

Shu bilan birga, NATO bosh kotibi alyans Rossiya bilan urush bo‘lishini kutayotgani yo‘qligini, balki o‘nlab yillar davom etishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshilikka tayyorlanishi kerakligini eslatdi. U Ukrainada Vladimir Putinning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim vazifa ekanini ta’kidladi: «Agar Putin Ukrainada g‘alaba qozonsa, Rossiya tajovuzkorligi boshqa mamlakatlarga tarqalmasligiga kafolat yo‘q».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!