Namozdan keyin duo qilmay, turib ketadiganlarga eslatma

Namozdan keyin duo qilmay, turib ketadiganlarga eslatma

Allohni zikr qilinsa, yuragi siqilib, ushbu zikrdan qochgan qaysi mo‘min odamni ko‘rgansan!

Mana shu meni juda hayratga solgan narsadir. 

Bundan ham ajablanarlisi, ularning "Odamlar masjidda namozdan keyin duo qilishlari shariatda bormi", - deb so‘rashidir. 

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam har namoz so‘ngida duo qilgan kishilarning sayidi sanaladi. 

Imom Muslimning "Sahih"ida Sa’d ibn Abi Vaqqosdan rivoyat qilgan hadisda, u kishi farzandlarini jamlab ushbu duoni o‘rgatganlar, keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har namoz so‘ngida shunday duoni qilar edilar, deganlar:

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Robbidan rivoyat qilgan hadisni eshitmaganmisan:

˝Bandam meni zikr qilsa, men u bilan birgaman. Meni bir o‘zi zikr qilsa, men ham uni bir o‘zim zikr qilaman. Agar omma orasida zikr qilsa, men ham uni ommasidan yaxshiroq yig‘inda zikr qilaman˝.  

Omma odamlar orasida zikr qilish qanday bo‘ladi, bir do‘stingni iymonda topib ular bilan biror uyda, ko‘chada yoki masjidda o‘tirganingda Allohni duo bilan yoki tasbih va tahlil bilan yoki Allohning Kitobini o‘qish bilan zikr qilishingdir. 

Men ko‘p marta aytganman:

Zayd ibn Sobitdan bir odam masala so‘rab kelganida, u kishi: “Abu Hurayra roziyallohu anhuning oldilariga olib boring”, dedilar. Men Abu Hurayra va falonchi falonchi bilan birga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam masjidlarida mana shunday o‘tirgan edik. Bizlardan birimiz duo qilar, qolgan ikki kishi ˝omiyn˝ deb turar edi. Keyin yonidagi duo qilar, qolganlar ˝omiyn˝, der edi. Shu holatda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizlarni oldimizga kirib keldilar, biz to‘xtadik. Oldimizga o‘tirib, "Qilayotgan ishingizga qaytib davom ettiringlar" - dedilar”. 

O‘ylab ko‘ringlar, ey do‘stlarim! Sahobalardan bo‘lgan ushbu kishilar Rasulullohdan eshitmagan narsani qilishlari, ya’ni uch kishi to‘planib, ularning biri duo o‘qisa, boshqalari "omin" deb turishi keyin oldidagiga navbat tegib, u duo qilib qolganlari "omin" deb turishlarini eslang... 

Ularning xayoliga bir narsa keldi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ta’lim olmasdan bu ishni qildilar. 

Endi Rasululloh bugungi ba’zi odamlarga o‘xshab ularga: “Bu bid’at nimasi?! Men sizlarga bunday duo qilishni o‘rgatganmidim?! Bunday yig‘ilishni ta’lim berganmanmi?!" - deyishlari lozim edimi? Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unday demadilar-ku? Ularning oldiga o‘tirib: "Qilayotgan ishingizga qaytib davom ettiringlar”, dedilar-ku?

Navbat Abu Hurayraga yetganda, u kishi: ˝Allohim, Sendan unutilmaydigan ilm berishingni so‘rayman˝, deb boshlanadigan duoni oxirigacha aytib duo qildilar, Rasululloh solallohu alayhi vasallam qolgan ikki kishi bilan birgalikda "omin" deb turdilar.

Imom Butiy


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!