O‘zbekiston milliy terma jamoasi dunyoga mashhur brend bilan hamkorlik qiladi

A A A
O‘zbekiston milliy terma jamoasi dunyoga mashhur brend bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi jahonning mashhur sport kolleksiya brendi – Panini bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi. Tarixda ilk bor O‘zbekiston milliy terma jamoasi Panini'ning jahon miqyosida mashhur stiker albomidan joy oladi.

Italiyaning Panini kompaniyasi bugungi kunda sport kolleksiyalari, nashriyot va savdo kartochkalari sohasida dunyo yetakchisi hisoblanadi. Kompaniya 1970 yildan beri FIFA bilan birgalikda Jahon chempionatiga bag‘ishlab futbol ixlosmandlari uchun seriyali kolleksiyalar taqdim etib kelmoqda. Bugungi kunda Panini FIFA, UYEFA, NBA, NFL hamda dunyoning yetakchi futbol assosiasiyalari va klublari bilan faoliyat olib boradi.

"Bu hamkorlik O‘zbekiston futboli imidjini mustahkamlash nuqtai nazaridan ham katta ahamiyatga ega. Panini rasmiy kolleksiyasidan joy olish – yurtimiz futbolining yillar davomida bosib o‘tgan rivojlanish yo‘liga juda mos e’tirofdir. Bu butun dunyoga O‘zbek futbolining jahon miqyosida o‘z o‘rnini topib borayotganligini ko‘rsatadi," — dedi O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Milliy jamoamiz Panini bilan faoliyat olib boradigan Markaziy Osiyodagi birinchi jamoaga aylanadi. Yillar davomida butun dunyo futbol ishqibozlari tomonidan sevib yig‘ilgan Panini albomi endilikda terma jamoamiz va millatimiz ruhini aks ettiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

💴 Adliya vazirligi O‘zbekistondagi pensiya va nafaqalar miqdorini eslatdi

Пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори эса 504 минг сўмни ташкил этмоқда

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Бундан ташқари, ичимлик сувидан ўзбошимчалик билан фойдаланилгани ҳолати бўйича ҳам тегишли баённома расмийлаштирилган.

Kanadalik olim Trampga Oy kimga tegishli ekanligini eslatib qo‘ydi

Олим ҳатто Американинг ўтмишдаги Ойга қўниши ҳам мамлакатга сунъий йўлдошга даъво қилиш ваколатини бермаслигини таъкидлади.