Isroilning G‘azoga bergan zarbalari 24 soat ichida 20 falastinlikni o‘ldirdi
Tibbiy manbalar va guvohlarning xabar berishicha, payshanba kuni tongdan boshlab Isroil armiyasi G‘azo sektorida amalga oshirgan havo va artilleriya hujumlari natijasida kamida 20 falastinlik halok bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zarbalar anklavning shimoliy, janubiy va markaziy hududlariga — turar-joy binolari, qochqinlar lagerlari hamda aholi gumanitar yordam kutgan joylarga qaratilgan.
G‘azo janubidagi Tel al-Heba mahallasida ko‘chirilganlar yashaydigan chorrahadagi chodirlarga berilgan zarba oqibatida 5 kishi — uch bola va bir ayol halok bo‘ldi. Hujumdan so‘ng lagerda yong‘in chiqdi.
Rafah shahrida gumanitar yordam uchun to‘plangan aholiga qarata o‘t ochilib, 3 kishi halok bo‘ldi.
Nusayrat qochqinlar lagerda bir oilaning chodipiga zarba berilib, 7 kishi halok bo‘ldi, ularning 4 nafari bola.
Sabra mahallasida havo hujumi natijasida bir uy vayron bo‘lib, 3 kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi vayronalar ostida qoldi.
Dirij mahallasda turar-joy binosiga berilgan zarba bir nafar falastinlikning umriga zomin bo‘ldi.
Dronlar esa Nasr mahallasining Italiya minorasi atrofida ko‘chirilganlar yashaydigan chodirlarni nishonga oldi.
G‘azo shimolidagi Shayx Ridvon hududida Isroil armiyasi bir vaqtning o‘zida artilleriyadan o‘q uzib, portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan harbiy mashinalar bilan hujum qildi va katta ko‘lamli vayronagarchilikka sabab bo‘ldi.
Shuningdek, Dayr al-Balax sharqidagi Kisufim hududida yordam kutib to‘plangan aholiga otilgan o‘q natijasida bir falastinlik halok bo‘ldi.
