Falokat oyoq ostida: Buxoroda 5 nafar ishchi markaziy kanalizasiyaga tushib ketdi

A A A
Falokat oyoq ostida: Buxoroda 5 nafar ishchi markaziy kanalizasiyaga tushib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan xabar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
Joriy yilning 4 sentyabr kuni soat 12:02da Buxoro viloyati FVV tomonidan, Buxoro viloyati IIB “102” qisqa raqamiga, Buxoro tumani “Bog‘idasht” qishlog‘i hududidan o‘tuvchi Markaziy kanalizasiya quvuriga, Buxoro shahar 7-mikrorayonda qurilayotggan yangi ko‘p qavatli uylarning kanalizasiya quvurlarini ushbu markaziy quvurga ulayotgan 5 nafar ishchilari ehtiyotsizligi oqibatida quvurga tushib ketganligi to‘g‘risida xabar berilgan.

Olib borilgan tekshiruv harakatlari davomida, joriy yilning 4 sentyabr soat 12:00larda “Fayz binokor Oltiariq” MCHJning jami 5 nafar ishchilari tomonidan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hududdan o‘tgan kanalizasiyani ta’mirlash jarayonida, “O‘rta Osiyo qurilish” MCHJga qarashli Kamaz rusumli davlat raqam belgisi 80 411 JBA bo‘lgan kran haydovchisi tomonidan hajmi 1000 diametr, chuqurligi 8 metr bo‘lgan mazkur kanalizasiyaga yangi qazilgan kanalizasiyani birlashtirish (ulash) uchun ichki tomondan tuynuk ochish maqsadida Buxoro viloyati Suv va oqava ta’minoti bo‘yicha injinering kompaniyasining ruxsatsiz qopqoqni joyidan ochib, olib qo‘yilishi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganligi sababli, 5 nafar ishchilar ushbu kanalizasiyaga tushib ketib, kuchli oqim tufayli oqib ketishgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish davomida, Buxoro tumani Zarmanoq MFY hududidan o‘tuvchi oqova suvlarni uztagich punktidagi quvurlar ichidan 3 nafar fuqarolarning jasadlari topilgan. Qolgan 2 nafar fuqarolarlarni topish choralari ko‘rilmoqda.

Ushbu holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Trampni Eronga qarshi boshqa hujumlar uyushtirmaslikka chaqirdi

Бу ҳақда Axios нашри манбаларга таяниб хабар бермоқда.

Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin kimning qo‘lida jam bo‘lgan?

1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дунёдаги энг йирик захиралардан бири.

Rossiyada oltindan qimmat mineral topildi

Россиялик олимлар Хибин тоғ тизимидаги Киров конидан илгари фанга номаълум бўлган янги минерални аниқланган.

Prezident ta’tildan uyiga qaytayotganda avtohalokatga uchradi

Бу ҳақда президент девони маълум қилди.

Olimlar Yer aholisi sonini bosqichma-bosqich kamaytirish g‘oyasini ilgari surdi

Айрим мутахассислар муаммо аҳоли сонида эмас, балки ресурсларнинг адолатсиз та