Isroil hujumlari Livan armiyasining janubiy chegaraga joylashtirilishiga to‘sqinlik qilmoqda
Livan armiyasi janubiy chegarada joylashtirishni yakunlashi uchun Isroil o‘z qo‘shinlarini bosib olgan hududlardan olib chiqib ketishi kerak.
Bu haqda Bayrutda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) rahbari admiral Bred Kuperni qabul qilgan respublika prezidenti general Jozef Aun ma’lum qildi.
"Livan qo‘shinlari hozir Litani daryosidan janubdagi hududning 85 foizini nazorat qilmoqda va xalqaro tan olingan chegaraga qo‘shinlarni joylashtirishga Isroil tomonidan to‘sqinlik qilinmoqda, bu esa o‘zining agressiv hujumlarini davom ettirmoqda", — dedi siyosatchi.
Aun Qo‘shma Shtatlarni Isroilga bosim o‘tkazishga va uni 2024 yil 27 noyabrdagi o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimning harbiy harakatlarni to‘xtatish, Livan janubidagi ishg‘ol qilingan beshta balandlikdan qo‘shinlarni olib chiqish va mahbuslarni qaytarish shartlarini bajarishga majbur qilishga chaqirdi.
"Ushbu qadamlar Livan hukumati tomonidan 5 avgustda qabul qilingan harbiylashtirilgan guruhlar, jumladan, "Hizbulloh" harakati qo‘lida bo‘lgan barcha qurollarni armiyaga topshirish to‘g‘risidagi qarorni amalga oshirishga yordam beradi", — dedi prezident. Shu bilan birga, u Livan armiyasini qo‘llab-quvvatlash, butun Livan hududida o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun uni zarur texnika va texnologiya bilan ta’minlash muhimligini ta’kidladi.
Aunning so‘zlariga ko‘ra, harbiy xizmatchilar "og‘ir geografik va operasion sharoitda" harakat qilmoqda. U yil boshidan buyon qurollarni musodara qilish, o‘q-dorilarni tashish, minalardan tozalash va boshqa operasiyalar chog‘ida 12 nafar zobit va askar halok bo‘lgan ma’lumotlarni keltirdi.
