Namangandagi O‘zbekiston va Qirg‘izistonni bog‘lovchi chegara bojxona posti sentyabrda ochiladi

Namangandagi O‘zbekiston va Qirg‘izistonni bog‘lovchi chegara bojxona posti sentyabrda ochiladi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i U.Kodirov “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona postida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti 2024 yilning sentyabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Boshqarma boshlig‘i post qurilishi bilan tanishuv jarayonida pudrat tashkiloti tomonidan ishlarni jadallashtirish, qurilish sifatiga alohida e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha bir qator tavsiyalar bergan.

Shuningdek, qurilish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf qilish hamda topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!