Namanganda qiymati 25 mln. dollar bo‘lgan yangi korxona qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

Namanganda qiymati 25 mln. dollar bo‘lgan yangi korxona qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

Yangiqo‘rg‘on tumanida "Namangan sharbati" MCHJ tomonidan qiymati 25 mln. dollarni tashkil etayotgan mevani qayta ishlash korxonasiga asos solinmoqda.

“Buloqboshi” mahallasi hududidagi 1,8 gektar yer maydonida barpo etiladigan mazkur korxona 80 ming tonna xo‘l mevani qayta ishlash quvvatiga ega.

Xitoy, Italiya va Germaniya davlatlaridan keltirilgan uskunalar bilan jihozlanadigan korxona mahsuloti Yevropa hamda MDH davlatlariga eksport qilinishi ko‘zda tutilgan.

Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligida tuman faollari, nuroniylari, jamoatchilik vakillari ishtirokida xayrli ish oldidan duoga qo‘l ochilib, mazkur korxona qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.

Viloyat rahbari o‘z so‘zida yangi korxona nafaqat eksport hajmini ko‘paytirish, balki 300 ta yangi ish o‘rinlari barpo etilishi bilan ahamiyatli ekanligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!