Mutaxassis Toshkentda ekilgan daraxtlarning askariyati nega nobud bo‘layotgani va poytaxtga aslida qanday navlar to‘g‘ri kelishi haqida gapirib berdi

Mutaxassis Toshkentda ekilgan daraxtlarning askariyati nega nobud bo‘layotgani va poytaxtga aslida qanday navlar to‘g‘ri kelishi haqida gapirib berdi

Daraxtlar va butalar bo‘yicha mutaxassis, akademik F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog‘i dendrologi Atirgul Xalmurazayeva Toshkentda ekilgan daraxtlarning askariyati nega nobud bo‘layotgani va poytaxtga aslida qanday navlar to‘g‘ri kelishi haqida so‘zlab berdi. Bu haqda "Podrobno.uz" xabar bermoqda.

Toshkent ekologiyasini qanday qutqarish mumkin, qayerda daraxtlar kesilib, o‘rniga zamonaviy binolar qurilmoqda? Poytaxtga keyinchalik bo‘lsa ham soyani qaytarish, uni chang va to‘zonlardan qanday qutqarish mumkin?

Mazkur masala bilan mutaxassislar bir necha yildan buyon shug‘ullanmoqda. Ularning ta’kidlashicha, hozirdan boshlab tabiat haqida qayg‘urmasak, oldingi iqlimiy sharoitlarni yaqin 50-100 yilda tiklay olamiz.

“Ayni paytda yo‘l yoqasi bo‘ylab negadir pavloniya daraxti ekilmoqda. To‘g‘ri, bu daraxt tez o‘sadi, uning shoxalari uzun, chiroyli gullaydi. Barglari yirik bo‘lsada, jaziramada so‘lib qoladi. Mabodo havo sovuq bo‘lsa, qariyb tomirigacha muzlashi va keyingi yildagina tiklanishi mumkin. Biroq, tekis ekilgan daraxtlar qatori buziladi”, - dedi Atirgul Xalmurazayeva.

Uning aytishicha, pavloniyaning tomir tizimi o‘ta mustahkam bo‘lib, asfalt va beton ariqlarni ko‘tara oladi.

“Bundan tashqari Lolali daraxt va Sariq terak ham ekishmoqda. Ular ham yaxshi, lekin bor-yo‘g‘i 50-60 yil, nari borsa 70-80 yil umr ko‘radi. Biroq, tezda qurib, titilib ketishi hech gap emas”, -deya ma’lum qildi mutaxassis.

Uning so‘zlariga ko‘ra, daraxtlarning ushbu ikki turi chiroyli gullaydi va manzarali hisoblanadi, lekin yumshoqligi uchun tezda zararkunandalarga yem bo‘lishi mumkin. Landshaft dizayni nuqtai nazaridan ham bunday daraxtlarni ekish tavsiya qilinmaydi.

"Menimcha, birgina daraxtlar foydasi haqida emas, balki ularning manzaraliliga haqida ham o‘ylash kerak. Misol uchun, biz chinor, eman, kashtan, shumtol, zarang, katalpalar, Lenkoran akasiyasi, Kanada bogryannigi, Metosekvoya ekishni tavsiya qilamiz. Bu manzarali daraxtlar yaxshi o‘sadi va bizning iqlim sharoitida ko‘p yillar davomida shaharni bezab turadi. Bu daraxtlarga dastlabki yillarda maxsus parvarish talab qilinadi, haftada 2 marta, chillada esa - haftada uch marta suv berish kerak, shuningdek, tuproqni o‘g‘itlash va ag‘darib turish lozim. Kamroq ekib, shunday parvarish qilish kerakk, 100 foiz daraxtchalar o‘zini olib ketsin",- dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!