Mo‘’jiza! Tiriklayin ko‘milgan qizaloq “qayta tirildi”

Mo‘’jiza! Tiriklayin ko‘milgan qizaloq “qayta tirildi”

Hindistonda yangi tug‘ilgan qiz farzandni tiriklayin ko‘mish holati aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, Uttar-Pradesh shimolidagi Barelli shahrida ota-ona yaqinda tug‘ilgan chaqaloqlarini kasalxonada “o‘lgan”dan so‘ng dafn etishadi. Biroz vaqt o‘tgach, ular qabriston soqchisini chaqirib bola tirikligini va uning ovozi eshitilayotganini aytishdi. Kichkintoy shifoxonaga yetkazilgan va u tuzalmoqda. Ammo ota-ona g‘oyib bo‘lgan. Polisiya ularni qidirmoqda.

Iyul oyida o‘tkazilgan hukumat so‘roviga ko‘ra, Hindistonda qizlar soni kamayib bormoqda. Hukumatning qiz bolalarni qutqarishga qaratilgan harakatlariga qaramay,  ayol homilalarini noqonuniy abort qilish davom etmoqda. Aholining jinsi bo‘yicha ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda 2015-2017 yillarda har 1000 nafar erkakka 896 nafar ayol to‘g‘ri keldi. Bu ko‘rsatkich 2014-2016 yillarda 898 ta va 2013-2015 yillarda 900 tagacha tushib ketgandi.

Bu holat Hindistonda o‘g‘il farzandning afzal ko‘rilishiga yana bir misol hisoblanadi. Hindiston qonunlari shifokorlar va tibbiyot xodimlariga tug‘ilmagan bolaning jinsini ota-onalariga ma’lum qilishni yoki bolaning jinsini aniqlash uchun test o‘tkazishni taqiqlaydi. Faqatgina ro‘yxatdan o‘tgan tibbiy amaliyotchilargina abortni amalga oshirishlari mumkin.

Shunga qaramay,  qiz homilani abort qilish Hindistonda keng tarqalgan.  Ko‘pincha odamlar qizlarga og‘ir yuk sifatida qaraydilar, ular turmushga chiqqanlarida sep berish  kerak. Bundan farqli o‘laroq, o‘g‘il farzandlar mulkni meros qilib oladigan va shajarani davom ettiradigan boquvchi sifatida qadrlanadilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!