Mudofaa vazirligi tizimida ham Konstitusiyaning 26 yilligi keng nishonlanmoqda

Mudofaa vazirligi tizimida ham Konstitusiyaning 26 yilligi keng nishonlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 26 yilligi Mudofaa vazirligi tizimidagi barcha harbiy okruglar, harbiy qismlar hamda oliy harbiy ta’lim muassasalarida nishonlanmoqda.

Vazirlik matbuot xizmatining xabar qilishicha, Farg‘ona viloyatida mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev bayram munosabati bilan barchani muborakbod etib, bir guruh harbiy xizmatchilarni vazirlik ko‘krak nishonlari, esdalik sovg‘alari hamda diplomlar bilan taqdirladi. Ularning kelgusidagi xizmatlariga zafarlar tiladi.

Qurolli Kuchlar davlat muzeyida esa Mudofaa vazirligi faxriylari uchun bayram tadbiri tashkillashtirildi. Tadbir davomida yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faxriylarga Mudofaa vazirining ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlariga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilari o‘rtasida «Konstitusiya – baxtimiz qomusi» mavzusida tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rahbari O‘roz Haydar hamda shoira Nilufar Umarova, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi, aktyor Isoq To‘rayev ishtirok etdi. Tadbir davomida bayram munosabati bilan bir qancha harbiy xizmatchilar rag‘batlantirildi. Bayram yakunida Qarshi garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestri va viloyat san’atkorlarining konsert dasturlari namoyish etildi.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!