MRB rahbari Uilyam Berns Ukrainaga yashirincha tashrif buyurdi

MRB rahbari Uilyam Berns Ukrainaga yashirincha tashrif buyurdi

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Uilyam Berns 15 fevral kuni Ukrainaga yashirincha tashrif buyurib, AQSh tomonidan moliyalashtirishning yangi miqdoriga rozi bo‘lishdagi muammolar fonida mamlakat rahbarlarini «tinchlantirish» uchun kelgan. Bu haqda 25 fevral, yakshanba kuni The New York Times (NYT) manbalariga tayanib yozdi.

Ba’zi Ukraina razvedka xodimlari amerikalik hamkasblaridan, agar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, Markaziy razvedka boshqarmasi ulardan voz kechadimi yoki yo‘qmi, shuni so‘radi. «Bu Afg‘onistonda avval ham sodir bo‘lgan, endi Ukrainada ham bo‘ladi», - deya xavotir bildirdi ukrainalik yuqori martabali zobit.

«Biz ko‘p yillar davomida Ukrainaga aniq sodiqligimizni namoyish qildik va bu tashrif AQSh majburiyati davom etishiga yana bir kuchli signal bo‘ldi», deb tushuntirdi AQSh razvedka manbasi javobida.

Ma’lumot uchun, bu Markaziy razvedka boshqarmasi direktorining ikki yil ichida Ukrainaga o‘ninchi tashrifi bo‘ldi. Markaziy razvedka boshqarmasi va Ukraina razvedka xizmatlari o‘rtasida 2014 yildan beri yaqin aloqalar mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!