Modi va Zelenskiyning muzokaralari Ukrainadagi mojaroga bag‘ishlandi

Modi va Zelenskiyning muzokaralari Ukrainadagi mojaroga bag‘ishlandi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Kiyevga tashrifi chog‘idagi muzokaralari Ukrainadagi mojaroga bag‘ishlandi.

Bu haqda muzokaralardan so‘ng o‘tkazilgan brifingda Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar ma’lum qildi.

"Muzokaralarning asosiy qismi Ukrainadagi mojaro muhokamasi bilan o‘tdi. Bosh vazir bizning pozisiyamiz haqida gapirdi, men uning fikrlarini sizga qisqacha aytishim mumkin: "hozir urush davri emas. Muloqot va diplomatiya muhim. Yechimga jang maydonida erishilmaydi", —deya fikr bildirdi Hindiston Tashqi ishlar vaziri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!