Misrliklar «Lada» minadi

Misrliklar «Lada» minadi

Misrda Lada avtomobillarini ishlab chiqarish 2025 yilda boshlanadi. Bu haqda Rossiya OAVlari Misr savdo va sanoat vaziri Ahmad Samirga tayanib xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, Misrning Tarbul shahrida Rossiya markasidagi avtomobillar ishlab chiqaruvchi zavod qurilmoqda.

Vazirga ko‘ra, «AvtoVAZ» Misrda Lada avtomobillarini ishlab chiqarish huquqini olgan Misrning "GV Investments" kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi tuzgan.

Tarbul shahridagi yangi avtomobil zavodining maydoni 200 ming kvadrat metrni tashkil qiladi.

«Yangi zavod yiliga 50-70 ming avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega Misrdagi eng yirik avtomobil yig‘ish zavodlaridan biriga aylanishi kutilmoqda», — dedi vazir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!