Mirziyoyev Andijondagi qotillik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishi kutilmoqda

Mirziyoyev Andijondagi qotillik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishi kutilmoqda

Shu hafta prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi. Unda Andijonda IIO xodimlari urib o‘ldirgan yigit masalasi ham ko‘rib chiqilishi kutilyapti. Bu haqda Zed News telegram kanali yozmoqda.

Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-sonli ichki ishlar bo‘limi tezkor xodimlari bir fuqaroni nohaq urib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgandi.

Keyinroq bu IIB yoppasiga jazolangan, tezkor xodimlar xizmatdan chetlatilgan.

Bu voqea jamoatchilik e’tiboridan chetda qolmagan. Ko‘pchilik Ichki ishlar vazirligi rahbariyati iste’fosini talab qilmoqda, xususan, deputat Rasul Kusherbayev ham.

IIO xodimlarining odam o‘ldirishi avvaldan bor bo‘lgan. Buni Chiroqchidagi holatdan (https://t.me/zednewsuz/3478) so‘ng Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ham tan olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!