Mingta harbiy va yuzlab samolyotlar: AQSh Rossiyaga qarshi yangi reja tayyorlamoqda
Rossiyani dunyodagi eng katta tahdidlardan biri deb hisoblaydigan Qo‘shma Shtatlar Yevropada jiddiy harbiy kuchlarni Rossiyani to‘xtatishga qaratilgan “30-30-30-30” maxsus rejasini joriy etishga chaqirmoqda.
Bugun Bryusselda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan NATO mudofaa vazirlari yig‘ilishida bunday taklif bilan Pentagon raisi Jeyms Mattis murojaat qilishi kutilmoqda, deya xabar berdi “Reuters” agentligi.
Amerikaliklar rejasiga ko‘ra, NATO har qanday vaziyatda hamda har qanday vaqtda jangga tayyor bo‘lgan 30 ta quruqlik batalyonlari, 30 ta qiruvchi eskadrilya hamda 30 ta kemadan iborat bo‘linmaga ega bo‘lishi kerak. Ta’kidlanishicha, bu bo‘linlamalarga jalb qilingan harbiylar soni 600 tadan 1000 tagacha bo‘lishi mumkin.