"Mikrokreditbank" filiali rahbari jinoyat ustida qo‘lga olindi

"Mikrokreditbank" filiali rahbari jinoyat ustida qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Samaraqand viloyati boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi hamkorligida Samarqand shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan, deb yozmoqda "xabardor.uz".

Unda "Mikrokreditbank" filiali rahbari, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro Samarqand shahrida joylashgan MCHJga 2 mlrd. so‘m kredit ajratib berish uchun tadbirkordan 10 ming dollar pora talab qilgan va 6 ming dollar olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda mansabdorga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!