Messini sotib olishga da’vogar klublar hozircha uchta bo‘ldi

Messini sotib olishga da’vogar klublar hozircha uchta bo‘ldi

«Barselona»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messini sotib olishga da’vogar klublar nomi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Sun.

Fransiyaning «Pari Sen-Jermen», Italiyaning «Yuventus» va «Inter» klublari katalonlar hujumchisini sotib olish istagida. Qayd etilishicha, PSJ argentinalik futbolchi uchun yirik miqdordagi mablag‘ni taklif etishga qodir, Italiyada esa Messi Ispaniyadagiga qaraganda kamroq soliq to‘laydi va bu ham futbolchining tanloviga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

21 avgust kuni «Barselona» rahbariyati 33 yoshli Messini sotishi mumkinligi ma’lum qilindi. Shu bilan birga klub Messini olib qolishga harakat qilmoqda. Argentinalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2021 yil yozida tugaydi.

Messi klubdagi vaziyatdan anchadan buyon norozi. Jamoa bu yilgi mavsumda sovrinsiz qoldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!