Meksikada yo‘lovchi avtobusi TIR bilan to‘qnashib ketdi, 10 kishi halok bo‘ldi

A A A
Meksikada yo‘lovchi avtobusi TIR bilan to‘qnashib ketdi, 10 kishi halok bo‘ldi

Meksika markazidagi San-Luis Potosi shahri yaqinida yo‘lovchi avtobusi va TIR yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi jarohat oldi.

Bu haqda «Heraldo de Mexico» nashri ma’lum qildi, deb yozadi «Report».

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlar orasida to‘rt nafar voyaga yetmaganlar ham bor. Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan, ularning ba’zilarining ahvoli og‘ir.

Qayd etilishicha, yuk mashinasi haydovchisi voqea joyidan qochib ketgan. Polisiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!