Meksikada jinoiy to‘dalar to‘qnashuvi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Meksikada jinoiy to‘dalar to‘qnashuvi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Meksikaning Uruapan shahri yaqinida ikki qarama-qarshi jinoiy to‘daning to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. «Vesti.ru»ning xabar berishicha, oqibatda to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari yaralandi.

Qayd etilishicha, voqea joyida polisiya jasadlar va rasman faqat Meksika armiyasida foydalanishga ruxsat berilgan yirik kalibrli qurolni topgan.

«RIA Novosti»ning xabar berishcha, polisiya sodir bo‘lgan voqea sabablarini o‘rganmoqda.

So‘nggi vaqtlarda Meksikada jinoyatlar sonining ortgani kuzatilmoqda. Bunga, jumladan, AQShga kokain o‘tkazish ustidan nazorat o‘rnatish maqsadidagi narkokartellarning o‘zaro qarama-qarshiliklari sabab bo‘lmoqda.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!