Mayk Tayson Fyodor Yemelyanenko bilan jang qiladimi?

Mayk Tayson Fyodor Yemelyanenko bilan jang qiladimi?

Boks afsonasi Mayk Tayson Fyodor Yemelyanenko bilan jang qilmaydi. Bu haqida Taysonning vakillari so‘zlariga tayanib, jurnalist Chisanga Malata xabar bermoqda.

“Mayk Yemelyanenko bilan jang borasida muzokaralar o‘tkazmayapti. Uning atrofidagilar bu xabar yolg‘onligini, u hech kim bilan jang borasida gaplashmaganini aytdi. U hozir ham, keyinchalik ham Fyodor bilan jang qilmoqchi emas”, — deb yozdi Malata.

Avvalroq, Yemelyanenko Tayson bilan jang bo‘lib o‘tishini, u bilan hozir muzokaralar ketayotganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, boks qoidalari bo‘yicha jang Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tishi kerak edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!