Mavjud bo‘lmagan mamlakat pasportlarini sotgan jinoyatchi qo‘lga tushdi

Mavjud bo‘lmagan mamlakat pasportlarini sotgan jinoyatchi qo‘lga tushdi

Polisiya soxta pasportlar va haydovchilik guvohnomalarini sotish bo‘yicha ochilgan jinoiy ishni tugatdi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volk xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, daromadli biznes 64 yoshli sobiq kapitan Valeriy Suxonov tomonidan tashkil etilgan. Jinoyatchi jabrlanuchilarga Karib havzasi xalqining konsuli sifatida o‘zini tanishtirgan. Sheriklari yordamida esa soxta hujjatlar tayyorlash bilan shug‘ullanishgan.

Ayni paytda ish materiallari sudga yuborildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!