Mashhur sport sharhlovchisi Yuriy Rozanov saratondan vafot etdi

Mashhur sport sharhlovchisi Yuriy Rozanov saratondan vafot etdi

Rossiyaning «Match TV» telekanalida faoliyat ko‘rsatgan sport sharhlovchisi Yuriy Rozanov 59 yoshida olamdan o‘tdi, deya xabar berdi Sports.ru.

Yuriy Rozanov asosan futbol va xokkey uchrashuvlarini sharhlab borgan. 2012 yilda u xokkey bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati reportaji uchun TEFI mukofotini qo‘lga kiritgan.

Xabar berilishicha, jurnalist uzoq vaqt davomida saraton kasalligidan aziyat chekkan va shu sababdan 2019 yilda may oyidan noyabr oyigacha efirga chiqmagan.

U bir necha bor Uzreport TV taklifi bo‘yicha Toshkentga kelgan va Jahon chempionati, Chempionlar ligasi uchrashuvlarini sharhlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!