Mashhur shou ishtirokchisi odam o‘ldirganini tan oldi

Mashhur shou ishtirokchisi odam o‘ldirganini tan oldi

Amerikaning mashhur "90 kunlik kuyov" realiti-shousining ishtirokchisi Duglas Vuten bir odamni o‘ldirganini tan oldi.

“New York Post” xabariga ko‘ra, qotillik Jorjiyada sodir bo‘lgan. Xeyzelxerst shahri huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari chaqiriqqa yetib kelishgan va uyda otib o‘ldirilgan Markos Ramiresni topishgan.

Voqeadan uch kun o‘tgach, Vuten o‘z aybiga iqror bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, u bundan tashqari, qurolli talon-taroj, bolalarga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lish hamda xususiy mulkka tajovuz qilishda ayblanmoqda.

Jinoyat tafsilotlari oshkor qilinmagan.

Vuten “90 kunlik kuyov” shousida “Dijey Dug” taxallasi bilan 2019 yil avgust oyida ishtirok etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!