Mashhur aktyor endi xonanda: ilk qo‘shiq allaqachon tayyor (foto)

Mashhur aktyor endi xonanda: ilk qo‘shiq allaqachon tayyor (foto)

Amerikalik aktyor Vin Dizel o‘zining “Feel Like I Do” nomli birinchi qo‘shig‘ini taqdim etdi.

Bu haqda u Instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, qo‘shiq norvegiyalik DJ Kygo bilan hamkorlikda yaratilgan bo‘lib, 53 yoshli Dizelning so‘zlariga ko‘ra, uni qo‘shiq yozishga muxlislari ilhomlantirgan.

"Menga ishonganingiz uchun tashakkur. Har doimgidek, men bilan faxrlanasiz deb umid qilaman", - deb yozgan Vin Dizelm ijtimoiy tarmoqdagi postida.

Instagramda uning posti bir milliondan ortiq “like” hamda 4,6 mingdan ortiq izohlar yig‘di.

Mashhur aktyor endi xonanda: ilk qo‘shiq allaqachon tayyor (foto)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!