Marksist Shri-Lankaning yangi prezidenti

Marksist Shri-Lankaning yangi prezidenti

Muxolifatdagi «Milliy xalq kuchi» alyansi yetakchisi Anura Kumara Dissanayake Shri-Lankaning yangi prezidenti bo‘ldi . Bu haqda Adaderana saylov komissiyasi ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda .

55 yoshli Dissanayake prezidentlik saylovlarida 42,31 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Natija ovozlarni qayta sanab chiqishdan so‘ng e’lon qilindi: birinchi turda nomzodlarning hech biri 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘play olmadi. Uning eng yaqin raqibi Birlashgan Milliy Kuch partiyasidan Sajit Premadas ikkinchi, amaldagi prezident Ranil Vikramasinge uchinchi o‘rinni egalladi.

Saylovlarda muxolifat yetakchisi Dissanayake marksistik partiya vakili edi. U an’anaviy ravishda soliqlarni kamaytirish, yanada yopiq iqtisodiy siyosat va korrupsiyaga qarshi kurash tarafdori bo‘lgan. Dissanayake mamlakatdagi oziq-ovqat inqirozini yengib o‘tish, shuningdek, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalariga sarmoya jalb etishga va’da berdi. Uni talabalar, o‘qituvchilar va ishchilar sinfi faol qo‘llab-quvvatladi. Yangi prezidentning inaugurasiyasi 23 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!